Uz / Ўз Ru En

Toshkent

31/May/2022   Sanalar

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Moʻjizalar karvoni» festivali o‘tkaziladi

TOSHKENT, 31-may. /“Dunyo” AA/. 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizda «Mo‘jizalar karvoni» festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Next” savdo-ko‘ngilochar majmuasida tashkil etiladigan mazkur festival doirasida  konsert, ko‘rgazmalar, xayriya tadbirlari va boshqa marosimlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, «Mo‘jizalar karvoni» festivali doirasida O‘zbekistonning figurali uchish bo‘yicha yoshlar terma jamoasi ishtirokida «Mo‘jizalar karvoni» muz shousi, «Quvonch do‘koni» aksiyasi o‘tkaziladi. Unda xohlovchilar bolalar kitoblarini va yumshoq o‘yinchoqlarni sovg‘a qilishlari mumkin. Tadbirda O‘zbekistonning bolalar bilan bog‘liq xayriya amallariga ixtisoslashgan jamg‘armalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining  taqdimoti ham tashkil etiladi.

Festivalning asosiy maqsadi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini kashf qilish va qo‘llab-quvvatlashdir.

Bolalarni kasblar bilan tanishtirish uchun turli kasblarga oid stansiyalar ishlaydi. Sog‘lom turmush tarzining eng yosh ixlosmandlari uchun alohida mashg‘ulotlar ham uyushtiriladi.

Bolalar uchun “Tantana” vokal va estrada guruhi o‘zining shou-konsertini taqdim etadi.

«Mo‘jizalar karvoni» festivali bayram salyuti bilan yakunlanadi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonida xam Navro‘z bayrami...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi tomonidan ushbu davlatda akkreditatsiy...

Yaponiyadan munosabat: Taklif qilinayotg...

Yaponiyada taʼlim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun intervyusida ...

Dubayda Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi...

O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “ADRASS” o‘zbek milliy restor...

So`nggi yangiliklar