10/May/2022 Ilm-fan
TOSHKЕNT, 10-may. /«Dunyo» AA/. Bugun poytaxtimizda «Space Technology Conference STC – 2022» mavzusidagi Markaziy-Yevroosiyo mintaqasidagi ilk xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri
«Kosmik texnologiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ularning roli» mavzusiga bag‘ishlangan forumda dunyoning 20 mamlakatidan kosmik faoliyat sohasida faoliyat yuritadigan 110 ta kompaniya va tashkilot, shuningdek, mamlakatimizning 30 ta vazirlik va idoralarining 200 nafardan ortiq vakili ishtirok etmoqda.
Tadbir kosmik sohadagi so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish, davlat va xususiy sektor manfaatlari yo‘lida tajriba almashish uchun samarali maydoncha bo‘ladi.
«O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan konferensiya doirasida texnologiyalar sohasidagi eng dolzarb mavzular bo‘yicha 6 ta sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya 11 may kuni o‘z ishini yakunlaydi.