Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Yanvar/2023   Ilm-fan

Toshkentda «Space Technology Conference, STC-2023» xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi

TOSHKENT, 25-yanvar. /Dunyo AA/. O‘zbekiston Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan joriy yil 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida «Space Technology Conference, STC-2023» xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonda kosmik texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga taʼsiriga bag‘ishlangan mazkur konferensiya Buyuk Britaniyaning “Dialogue Events” kompaniyasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Konferensiya doirasida shoʻba muhokamalar, taqdimotlar, Yoshlar forumi, ikki va ko‘p tomonlama “G2G”, “G2B” va “B2B” shakllaridagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Anjumanda Markaziy Yevroosiyo davlatlari kosmik agentliklari va tegishli idoralari, xalqaro fazo tashkilotlari, kosmos sohadagi xususiy jabha vakillari hamda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad kosmik texnologiyalarni Markaziy Yevroosiyo mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror omili sifatida muhokama qilish uchun mintaqaning kosmik agentliklari va xalqaro kosmik hamjamiyatni birlashtirgan holda zamonaviy kosmik texnologiyalarning iqtisodiyotdagi turli sohalarga tadbiq etilishi orqali sohalar samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yoritish, sohadagi xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan iborat.

Mavzuga oid

Turkiya bilan oliy ta’lim sohasidagi ham...

Turkiyaning Malatiya Inonu universiteti hamda Samarqand Davlat universiteti o‘rtasida ilmi...

Xotin-qizlar qo‘shimcha grant asosida ol...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Nizom tasdiqlandi

Piza universiteti O‘zbekistonda geodeziy...

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat geodezkadastri bilan Piza universiteti rah...

So`nggi yangiliklar