Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/May/2022   Ilm-fan

Toshkentda «Space Technology Conference STC-2022» birinchi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKЕNT, 6-may. ««Dunyo» AA/. Joriy yil 10-11 may kunlari Toshkentda «Koinot texnologiyalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi roli» mavzusida Space Technology Conference STC-2022 birinchi xalqaro  konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Xalqaro ilmiy anjuman «O‘zbekkosmos» agentligi va Buyuk Britaniyaning «Dialogue Events Ltd.» kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Aerokosmik  qo‘mitasi, Turkiya kosmik agentligi (TUA), Ozarbayjon kosmik agentligi (Azercosmos), Birlashgan Arab amirliklari kosmik agentligi,  Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aloqa  sohasini tartibga solish va  nazorat qilish xizmati, BMTning kosmik makon masalalari bo‘yicha boshqarmasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO),  shuningdek, kosmik faoliyat sohasidagi  yetakchi kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. 

Konferensiyada «Markaziy Yevroosiyoda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun kosmik texnologiyalaridan foydalanish», «Barqaror rivojlanishda  Yerni kuzatishning roli: dastur va xizmatlarni  qo‘llash va taqdim etish»,  «Yangi sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari: ularni loyihalash, ishlab chiqarish, ishga tushrish», «Sun’iy yo‘ldosh aloqalasi: hukumat, biznes iste’molchi», «Sun’iy yo‘ldosh va Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, xizmatlarni taqdim etish: dunyoda xavfsiz, samarali va barqaror ishni ta’minlash», «Koinotning barqaror rivojlanishi – panelli muhokama» kabi  mavzular  muhokama qilinadi.

Mavzuga oid

Toshkentda «Tashkent International Unive...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tashkent International University of Educ...

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiya...

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojla...

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezid...

So`nggi yangiliklar