Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Dolzarb

Toshkentda Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi

LONDON, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Fauna and Flora International” jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi direktori Metyu Louton bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maʼlumot o‘rnida qayd etish joizki, 1903 yilda tashkil etilgan “Fauna & Flora International” (FFI) jamg‘armasi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro nodavlat xayriya fondi hisoblangani holda Yer sharidagi qirilib ketish xavfi ostida qolgan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish bilan shug‘ullanadi.

Markaziy Osiyoda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga samarali taʼsir choralarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan grant loyihasi 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 2022 yil yanvar oyidan eʼtiboran Britaniyaning FFI fondi tomonidan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikistonda amalga oshirilmoqda. Grant mablag‘i hajmi 1,5 million dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, “Ekomaktab” NNT, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston tomonidan hamkor tashkilotlar sifatida belgilangan.

Ushbu loyiha Britaniya hukumati (“Illegal Wildlife Trade Challenge Fund” fondi) hamda AQSH Davlat departamentining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur grant mablag‘larining jalb etilishi bevosita O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan.

Suhbatdoshning maʼlum qilishicha, joriy yilning 29 may - 2 iyun kunlari FFI fondi delegatsiyasining O‘zbekistonga safar qilishi rejalashtirilgan. Undan ko‘zlangan maqsad FFI fondining 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan “Markaziy Osiyoda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga samarali taʼsir choralarini ishlab chiqish” grant loyihasini amalga oshirish, Ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (EAMMDQ), Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti (FAZI), “Ekomaktab” NNT, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan muzokaralar o‘tkazishdan iborat.

Shuningdek, O‘zbekistonga safar doirasida 31 may kuni Toshkent shahrida FFI fondi Ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti bilan birgalikda “Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish” mavzusida seminar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Metyu Loutonning maʼlum qilishicha, bo‘lajak seminar davomida  sohaga masʼul bo‘lgan O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralari bilan aloqa o‘rnatish va istiqboldagi rejalar haqida o‘zaro fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Ombudsmani Turkiyada qator u...

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili — Ombudsman Feruza Eshmatova amaliy safar ...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ...

Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi vakillari Tashqi mehnat migratsiya ...

Ozarbayjondan munosabat: O‘zbekiston Sha...

O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida ko‘prik bo‘lish uchun ulkan salohiy...

So`nggi yangiliklar