Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   TIV yangiliklari

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasi yakunlandi


 TOSHKENT, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida “Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbirlari.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Italiya va Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idoralari rahbarlari, iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari, sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Delegatsiyalar Markaziy Osiyo davlatlari va Italiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi, zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda javob berish muhimligini taʼkidladi. Mintaqadagi ekologik muammolarni hal etish, ekstremizm va terrorizm kabi transmilliy tahdidlarning oldini olish, shuningdek, millatlararo totuvlik, xalqlarning do‘stlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash yo‘llari tahlil etildi.

Konferensiya sessiyalari doirasida mintaqaviy iqtisodiy sheriklikni takomillashtirish, savdo-investitsiya, transport va tranzit sohalarida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Energetika, agrobiznes va sanoat uskunalari sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashgan holda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikdagi saʼy-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Anjuman doirasida “Markaziy Osiyo va Italiya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbat” ham tashkil etilib, unda Markaziy Osiyo va Italiyaning yetakchi ekspertlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar mintaqaviy boshqaruvning konseptual modellari, barqaror va inklyuziv rivojlanish, madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib qilish, ilmiy va akademik aloqalarni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

“Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi vazirlar konferensiyasining navbatdagi anjumani 2022 yil Rim shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi anjumanda ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Italiya tashqi ishlar vazirlari Muxtor Tleuberdi, Ruslan Kazakbayev, Sirojiddin Muhriddin, Luiji Di Mayo hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Hakala tashrif buyurdi. Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov onlayn shaklda qatnashdi.

Uchrashuv O‘zbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Luiji Di Mayo hamraisligida o‘tdi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi Nur-Sulton sha...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 11-12 okty...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Isroil ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Nur-Sulton shahrida Isroil turiz...

Tashqi ishlar vazirligi Ohangaron shahri...

TIV tomonidan kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olish, ular...

So`nggi yangiliklar