Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Jamiyat

Toshkentda inson huquqlari bo‘yicha taʼlim masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

 TOSHKENT, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yil 10-11 dekabr kunlari Toshkentda “Inson huquqlari bo‘yicha taʼlim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Onlayn va oflayn shakllarda tashkil etiladigan anjuman milliy hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uyushtirilmoqda.

Forum Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha taʼlim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlanadi.

Milliy markaz matbuot xizmati maʼlum qilishicha, tadbir doirasida O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar va tashkilotlarga “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Shuningdek, Milliy markaz tomonidan eʼlon qilingan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha taʼlim” respublika tanlovi yakunlari eʼlon qilinadi va uning g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘r...

Mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasining 18 yanvardagi “Orol dengizining suvi qurigan tubida va...

Latviya matbuoti: O‘zbekiston kasaba uyu...

Latviyaning “LETA” yetakchi axborot agentligi veb-sahifasida ingliz va rus tillarida «Yan...

Barqaror rivojlanish bo‘yicha Milliy maq...

Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi bo‘yicha birinchi monitoring sharhi...

So`nggi yangiliklar