Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2023   O`zbekistonning IHTga raisligi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi Janubiy Koreya matbuoti tomonidan keng yoritildi

SEUL, 27-yanvar. / “Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlaridan biri  - «The Korea Post» jurnali veb-saytida 24 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Jurnal O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov 2022 yili O‘zbekistonning IHTga raisligi konsepsiyasiga muvofiq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini hamkorlar bilan hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tizimli ishlar amalga oshirilganini taʼkidlagani haqida maʼlum qilgan.

«2022 yil O‘zbekiston yetakchisining tashabbusi bilan IHT makonida «O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» deb eʼlon qilinishi tashkilot doirasidagi hamkorlikka yangicha surʼat baxsh etdi», deb yozadi nashr.

Maqolada Tashqi ishlar vazirlari kengashi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha yuqori darajadagi muloqot platformasi yaratilishini maʼqullagani qayd etilgan. «Bu esa davlatimiz rahbarining yana bir tashabbusi amalga oshganidan dalolatdir. Tuzilma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishning yangi mexanizmi ishga tushirildi. IHT samaradorligini oshirishga qaratilgan Yuqori darajadagi qo‘mita tashkil etildi», deb xabar qilingan materialda.

Materialda O‘zbekiston raisligi jarayonida turli yo‘nalishlarda qator muhim tadbirlar, jumladan, IHTni isloh qilish jarayonini muhokama qilish yuzasidan «aqliy hujum», qayta tiklanuvchi energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqalar bo‘yicha uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazilgani maʼlum qilingan. Ko‘hna Shahrisabz shahri 2024 yilda IHTning sayyohlik poytaxti etib belgilandi, deyiladi manbada.

Nashrda, shuningdek, Toshkent uchrashuvi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da jadallashtirish, tranzit-transport imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiy taraqqiyotning yangi o‘sish nuqtalarini topish, mintaqaviy turizmni faollashtirish masalalari muhokama qilinganiga eʼtibor qaratilgan. Energetika, ijtimoiy farovonlik va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida kooperatsiyani har tomonlama ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davr talabidan kelib chiqqan holda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

«Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston tomoniga IHTda faol va samarali raislik hamda Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini tashkiliy va mazmuniy jihatdan yuqori darajada o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildirdi. Mazkur tadbir bilan O‘zbekistonning IHTdagi raisligi yakunlandi. Tashkilotga raislik Ozarbayjonga o‘tdi», deb yozadi «The Korea Post».

Mavzuga oid

Shahrisabz shahri 2024 yilda IHT turizm ...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) saytida IHTga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining nav...

IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy tashkilot...

“Joriy yilda O‘zbekiston energetika bo‘yicha IHT 5-vazirlar uchrashuvini o‘tkazishni rejal...

IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy: 2022 yil...

O‘zbekiston o‘zining buyuk tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlari bilan ajralib tur...

So`nggi yangiliklar