Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Xalqaro iqtisodiy forum bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkentda 6-13 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Xalqaro iqtisodiy forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Bank, moliya, texnologiya va AT sohasidagi tendensiyalar kun tartibidan asosiy o‘rin egalladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistonga sarmoya kiritish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirda, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, federatsiyalar, ittifoqlar, turli mamlakatlarning dzyudo bo‘yicha konfederatsiyalari vakillari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashdi.

Jamshid Xodjayev muqobil energetika kabi istiqbolli yo‘nalishlar xususida so‘z yuritib, O‘zbekistonda 2030 yilga kelib qayta tiklanadigan energetikadan foydalanish ko‘lamini qariyb 30 foizga oshirish rejalashtirilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, ishtirokchilarning eʼtiborlari butun dunyoda jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarga qaratildi. Taʼkidlanishicha, bu sohada har bir mamlakatning raqobatbardoshligi innovatsiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot texnologiyalarining joriy etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri bu raqamli iqtisodiyotni taraqqiyotning asosiy drayveri sifatida rivojlantirishdir.

Kelgusi besh yil ichida dasturiy mahsulotlar eksportini o‘n baravar, raqamlashtirish tezligini 70 foizga oshirish, tegishli tarmoq quvvatlarini esa besh baravarga ko‘paytirish rejalashtirilayotgani taʼkidlandi. Shuning natijasida, raqamli texnologiyalar tarmog‘ining YAIMdagi ulushini 4 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Forum doirasida  B2B va B2G uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi hamda “I-Cell” kompaniyasi va O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid

Turkiyalik ishbilarmonlar “Hazorasp” erk...

Bu haqda mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil qilingan videok...

Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘r...

Mamlakatimizning Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirlig...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari “Ost...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzo...

So`nggi yangiliklar