Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Avgust/2022   Sanalar

Toshkentda "Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va  Ibn Sino jamoat fondi Islom hamkorligi tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida” mavzuidagi xalqaro konferensiya  bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘bekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, ushbu xalqaro tadbirda  Eron, Turkiya, Misr, Germaniya, Hindiston, Isroil, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Milliy Tiklanish” partiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari vakillari Abu Ali ibn Sinoning  o‘rta asrlar islom olamida tibbiyot va unga bog‘liq fanlar ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqidagi maʼlumotlarni mujassam etgan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar  buyuk alloma Ibn Sinoning jahon ilm-fani tarixida qomusiy olim sifatida tibbiyot, tabiat, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan dunyoda mashhur bo‘lgan ilmiy merosi, Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarining ilm fani rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatganligiga oid ilmiy mulohazalar  muhokama qilindi, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.

Mavzuga oid

Ukrainadan tabrik: Milliy ramzlar har bi...

Davlatimiz gerbi kuni munosabati bilan Ukrainaning yetakchi “Vesti” gazetasi bosh muharrir...

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbek mak...

Nyu-York shahrida faoliyat olib borayotgan «Ziyo Art» o‘zbek maktabida o‘zbek mumtoz adabi...

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qili...

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizda «Mo‘jizalar k...

So`nggi yangiliklar