Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Toshkent va Islomobod Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

ISLOMOBOD, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Islomoboddagi elchisi Oybek Usmonov Pokiston iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari Kozim Niyoz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida Termiz-Mozori Sharif-Kobul-Peshovar transafg‘on temir yo‘li qurilishi masalalari, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak majlisi kun tartibi, shuningdek, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Pokiston vakili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning amaldagi darajasini yuqori baholab, tovar ayirboshlash va o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini birgalikda amalga oshirishga tayyorlik bildirdi.

O‘zbekiston Pokistonning mintaqadagi o‘ta muhim strategik iqtisodiy hamkori ekanligi taʼkidlandi. Islomobod va Toshkentning mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va tranzit savdosini rivojlantirish borasidagi pozitsiyalari va manfaatlari to‘liq mos keladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik diplomatlar Qozog‘istonni...

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi delegatsiyasining Atirau viloyatiga ama...

Mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekiston...

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligin...

Eronlik mutahassislar bilan hamkorlikda ...

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi tomonidan “Sharq-Balig`I” O‘zbekiston-Eron qo‘shma k...

So`nggi yangiliklar