Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Sentabr/2020   Sayyohlik

Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish instituti “III Millennials' Tourism Festival 2020” xalqaro onlayn forumi festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOShKENT, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 16-sentabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida “III Millennials' Tourism Festival 2020" xalqaro onlayn festivalini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.



Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, festivalda Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Janubiy Koreya va MDH mamlakatlaridan xalqaro ekspertlar, turizm sohasi vakillari, shuningdek, turizm sohasini o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi milliy va xalqaro universitetlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida turizm sanoati, moda va gastronomik turizm masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tadbir doirasida TSMRI fakultetining "Moda mahsulotlarini yaratish va targ‘ib qilish" taqdimoti hamda gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Seu...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Uzbekistan Airways» AJ hamda «Ameks Travel» sayyohli...

Xorazm viloyatida turizm sohasida isteʼm...

Joriy yil 23-25-noyabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida turizm soh...

Navoiy viloyati hokimligi «Kazakh Touriz...

Qozog‘iston delegatsiyasi Navoiy viloyatida bo‘lib, hududning turistik salohiyati bilan ya...

So`nggi yangiliklar