Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Sport

Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionati boshlandi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 571 nafar sportchi 14 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. 

Chempionatning birinchi kunida erkaklar o‘rtasida -60 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg vazn toifasida bahslar o‘tkaziladi.

Musobaqalarda ikki nafar O‘zbekiston  dzyudochisi ham gilamga chiqadi. -60 kg vaznda Dilshod Baratov bahs olib borsa, -48 kg vaznli Halimajon Qurbonova medallar uchun kurashadi. 

Bellashuvlar «Humo Arena»da bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ilk o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 82 mamlakatning 571 nafar dzyudochisi 14 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. Yakkalik musobaqalar 12 oktyabrgacha o‘tkazilsa, jamoalar o‘rtasidagi bahslar 13 oktyabr kuni tashkil etiladi. 

Mavzuga oid

O‘zbekiston baydarka va kanoechilari Tai...

Bugun Tailandning Pattayya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarning litsenzion ...

Polsha: Varshavada ham Samarqand xalqaro...

Polsha poytaxtining markaziy tumanlaridan birida O‘zbekiston elchixonasi Samarqand xalqaro...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili ...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyac...

So`nggi yangiliklar