Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Rossiya mintaqalarida bo‘lib, mutasaddilar bilan muzokaralar o‘tkazgani barobarida vatandoshlar holidan xabar oldi

YEKATERINBURG, 23-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi ko‘magida joriy yil 16-21 may kunlari Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirov boshchiligidagi delegatsiyaning Chelyabinsk va Tyumen viloyatlariga amaliy safari  tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston vakillari Chelyabinskdagi «Moy biznes» ishbilarmonlar markazida tashkil etilgan biznes-forumda ishtirok etishdi. Ushbu anjuman  doirasida Chelyabinsk viloyati iqtisodiy taraqqiyot vaziri N.Lugacheva va Janubiy Ural savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti I.Aristov bilan alohida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.  Ularda savdo-iqtisodiy sohada hududlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

“UralAZ”, “CHTZ-Uraltrak”,  «Mexanaremontniy kompleks», “Mechel-materiali”, “Interpak” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ushbu korxonalarda mehnat muhojirlariga bo‘lgan talab, ular uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar hokimligi, Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va Chelyabinskning yirik korxonalari o‘rtasida turli yo‘nalishdagi mutaxassislarni O‘zbekistondan ishga jalb etish bo‘yicha mexanizmlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘zbekiston delegatsiyaci aʼzolari, shuningdek, Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari E.Kovalchuk, viloyat taʼlim vaziri A. Kuznetsov  va viloyat qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari I.Podshivalova bilan ham uchrashdi.

Rossiya tomoniga mamlakatimizda mehnat muhojirlarining xorijga uyushgan va xavfsiz shaklda chiqishini taʼminlash, migrantlarning haq-huquqlarini himoya qilish va imtiyozlar taqdim etish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar, taʼlim va qishloq ho‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

O‘zbek diasporasi faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbir chog‘ida uning ishtirokchilari O‘zbekistonda mamlakat rahbariyati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, mehnat faoliyatini olib borish maqsadida xorijiy mamlakatlarga ketayotgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda chet eldan Vatanga qaytgan hamyurtlarimizni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.  

O‘zbekiston delegatsiya tashrif davomida «Agrokompleks Avgust» qurilish korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 nafarga yaqin vatandoshlarimizning ish va yashash sharoitlarini bevosita o‘rgandi.  
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan o‘zaro muloqot Toshkent shahri hokimligi nomidan yozilgan dasturxon uzra davom etdi.

Mavzuga oid

Ozarbayjonda farmatsevtika va sog‘liqni ...

O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vaziri Teymur Musayev ...

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqa...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Seul politsiya agentligi va Toshkent shahar ichki ishlar...

Pekinda qayta tiklanuvchi energiya manba...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi...

So`nggi yangiliklar