Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Fevral/2022   Sayyohlik

Toshkent mahallalari YUNESKO tomonidan Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritildi

TOSHKENT, 4 fevral. /“Dunyo” AA/. YUNESKO Toshkent mahallalarini Butunjahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


 Turizm va sport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda Venetsiya arxitektura biyennalesida taqdim etilgan «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» loyihasi ishlab chiqilgani holda amalga oshirilgan edi. Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizatsiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida eʼtirof etildi.

 Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi YUNESKO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi.

Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Bu Toshkentning yuragi bo‘lgan qadimiy Zarqaynar ko‘chasi taqdiriga hech kim - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlar befarq emasligi natijasidir. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo‘llab-quvvatlagan hamda uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi ro‘yxatiga kiritgan YUNESKO tashkilotining eʼtiboridir», - deya taʼkidlaydi manba.

 Mamlakatimizda mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik masʼuliyati va ongli yondoshuviga tayangan holda ushbu yo‘nalishda ilmiy-restavratsiya ishlari davom ettiriladi.

Mavzuga oid

YNVTO Bosh kotibi: O‘zbekiston pandemiya...

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti...

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Kiyevda...

Mamlakatimiz elchixonasi «All Trip» sayyohlik kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda Ukra...

O‘zbekistonning turistik salohiyati Yapo...

Joriy yil 18 fevral kuni NHK telekanali (Yaponiya)ning "Dunyoda ajoyibotlar ko‘p" ommabop ...

So`nggi yangiliklar