Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Vatandoshlarimiz

Tomsk shahridagi «Chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazida» bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olindi

NOVOSIBIRSK, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Tomsk shahridagi «Chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazi» va ushbu hududdagi jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonlik diplomatlar «Chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazi» rahbariyati bilan muloqot qildilar.  Suhbat davomida markazda vaqtincha ushlab turilgan vatandoshlarimiz uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.

Bosh konsulxona xodimlari ushbu muassasada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan alohida uchrashuv o‘tkazdilar.

Suhbat davomida fuqarolarimizning muammolari o‘rganildi, shuningdek, ularni qiziqtirgan  barcha savollarga javob berildi.

Safar davomida diplomatlar, Tomsk shahridagi 3-sonli Jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan vatandoshlar holidan ham  xabar oldilar.

Mavzuga oid

Rossiyada vaqtincha mehnat qilayotgan qo...

Bosh konsulxona xodimlari Yekaterinburg shahridagi «Uralstroy» MCHJda Qoraqalpog‘istonda...

Davlatimiz diplomatlari Qozog‘istonda me...

Mamlakatimizning Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi xodimlari ushbu shaharda...

O‘zbekiston bosh konsuli Moskva viloyati...

O‘zbekiston bosh konsuli Valijon Niyozxo‘jayev konsullik okrugi hududida joylashgan vatand...

So`nggi yangiliklar