Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Yanvar/2022   TIV yangiliklari

TIV: Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatidagi «Jibek joli» o‘tish punktida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas

TOSHKЕNT, 18-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O‘zbekiston fuqarosining 2022 yil 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston Respublikasi) «Jibek joli» o‘tish punktida qo‘lga olinganligi haqidagi xabarga  oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


TIV ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda qator ommaviy axborot vositalarida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda ishtirok etishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosining 2022 yil 17 yanvar kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston Respublikasi) «Jibek joli» o‘tish punktida qo‘lga olinganligi haqida xabar e’lon qilindi.

O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas.

«Mazkur holat yuzasidan tegishli axborot Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining veb-saytida joylashtirilgan» deya qayd etadi manba.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri iqlim ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bugun vazi...

Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat ...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vladimir Norov bugun vazirlik tizimida mehnat qila...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda amaliy tashrif bil...

So`nggi yangiliklar