Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

«The Brussels Times» Markaziy Osiyoda “yashil”rivojlanishning kun tartibi to‘g‘risida

BRYUSSEL, 27-may. /“Dunyo” AA/. Belgiyada nashr etiladigan «The Brussels Times» gazetasi veb-sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov qalamiga mansub “Markaziy Osiyo energetika munosabatlarida “yashil” kun tartibi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Maqolada taʼkidlanganidek, dunyoda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari Markaziy Osiyo davlatlarining suv-energetika muammolarini ijobiy hal etish uchun alohida xavf tug‘diradi.

Muallif mintaqada iqlim o‘zgarishi, “yashil iqtisodiyot” va barqaror energiya taʼminoti sharoitida izchil taraqqiyotni taʼminlashga yo‘naltirilgan qator strategiya va dasturlar ishlab chiqilgan va qabul qilinganini qayd etar ekan,  O‘zbekistonda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun, 2019-2030 yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi, 2020-2030 yillarda O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan taʼminlash konsepsiyasi qabul qilingani, shuningdek,  2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulotning uglerod intensivligini kamaytirish, energiya samaradorligini ikki baravar oshirish rejalashtirilganini o‘quvchilar eʼtiboriga havola qiladi.

Joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan “Yangi O‘zbekistonni 2022–2026 yillarda rivojlantirish strategiyasi”da 2026 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 30 milliard kVt/soatga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 2026 yilga borib 25 foizga yetkazish mo‘ljallangani va shu singari boshqa qator muhim maʼlumotlar ham qalamga olingan.

Maqola muallifi Markaziy Osiyo energetikasida mintaqa davlatlari energetika tizimlari o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik masalalari alohida o‘rin tutishi haqida to‘xtalar ekan,  bu boradigi hamkorlikni rivojlantirish suv va energetika resurslari balansi samaradorligini oshirishga, shuningdek, mintaqada sarmoyalar hajmi va tizimini optimallashtirishga xixmat qilishini alohida taʼkidlaydi.

“Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturining qabul qilinishi Markaziy Osiyo davlatlarining resurslardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha umumiy yondoshuvlarni ishlab chiqishda muhim qadam bo‘lishi bilan birga butun mintaqaning barqaror “yashil” rivojlanishiga zamin yasaydi, deb yozadi «The Brussels Times».

Mavzuga oid

O‘zbekiston madaniy merosi Indoneziya om...

Indoneziyaning «Kompasiana» axborot agentligi veb-sahifasida «O‘zbekistonning madaniy mero...

Afg‘on nashri o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan...

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasi faoliyatida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivoj...

BAA matbuoti O‘zbekiston hayotidagi so‘n...

Birlashgan Arab Amirliklari ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotga...

So`nggi yangiliklar