Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Fevral/2020   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Tataristonda I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi


QOZON, 17-fevral/«Dunyo»AA/. Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan I Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar bermoqdi «Dunyo» AA muxbiri.

Tatariston Savdo-sanoat palatasining Kongress zalida o‘tkazilgan tadbirda ekspertlar, ishbilarmon doiralar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Brifingda Bosh konsul Fariddin Nasriev xalqaro investitsiya forumining maqsadi, istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish va mahalliy mahsulotlar eksportini tashkil etish uchun yangi xorijiy sheriklarni jalb etish borasida O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Toshkent xalqaro forumi  O‘zbekiston bozori haqida to‘liq tassavvurga ega bo‘lish va  loyihalarni tadbiq etish uchun katta imkoniyat ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, forum dasturi, xususiy sektorni rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tatariston  Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageev O‘zbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, rossiyalik ishbilarmonlarni O‘zbekiston bilan faol savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka chaqirdi.

 

Mavzuga oid

Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkent x...

O‘zbekiston Respublikasining Kobuldagi elchixonasida mamlakatimizda o‘tadigan Toshkentda x...

Toshkent xalqaro investitsiya forumida H...

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va ...

Isroilda Toshkent xalqaro investitsiya f...

Mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi tomonidan poytaxtimizda shu yil 5-6-mart kunlari b...

So`nggi yangiliklar