Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Madaniyat

Tatariston vakillari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

QOZON, 18-may. /“Dunyo” AA/. Tataristonning “TNV” telekanali orqali joriy yil 21-25 may kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan birinchi xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali haqidagi ko‘rsatuv namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda “Tarona” Sharq ustalari gildiyasi direktori Ramziya Kashapova  Buxoro forumida Tataristondan  bir guruh  zardo‘zlik va zargarlik madaniyati vakillari ishtirok etishini qayd etdi.

- Tadbir, birinchi navbatda, xalq amaliy sanʼatida  zargarlik va zardo‘zlik anʼanalarini rivojlantirish, ushbu sanʼatning noyob  namunalarini keng targ‘ib etishga qaratilgan, - dedi Ramziya  Kashapova. –  Ushbu madaniy almashinuvlar O‘zbekiston taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Chunki Buxoro shahri Osiyoning  markazida joylashgan, u kelajakka va yangi texnologiyalarga intilgan, qadimiy anʼanalarda o‘z go‘zalligi va nafosatini saqlab qolgan dunyodagi kam sonli shaharlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, festival tashkiliy qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga qaraganda, forum ishida dunyoning 50 mamlakatidan zardo‘zlik va zargarlik sanʼatining 150 nafardan ziyod vakili ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

AQSHda Alisher Navoiyning 580 yillik tav...

AQSHda 9 fevral kuni o‘zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi Mir Alisher Navo...

Misrning “at-Tannura” folklor xalq ansa...

Misrning “at-Tannura” folklor xalq ansambli joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xivada bo‘l...

Hindistondan munosabat: O‘zbek tili bayr...

21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Dehli shahridagi «O‘zbek tili do‘stl...

So`nggi yangiliklar