Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi

TOSHKENT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini rivojlantirish, turli yo‘nalishlarda istiqbolli qo‘shma loyihalar amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini yuqori darajada nishonlash muhimligini tasdiqladi.

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish doirasida mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Buyuk Britaniya vakillari Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlarni yanada yaqindan muvofiqlashtirishga sodiqligini tasdiqladi, bunda qo‘shni davlatga gumanitar yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid

TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari MDH...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekiston Prez...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining axb...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik hayʼatining...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vladimir Norovning Hindiston elchisi Ma...

So`nggi yangiliklar