Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2021   Ta'lim

Ta’lim sohasida O‘zbekiston - Hindiston hamkorlik aloqalari muhokama qilindi


DЕHLI, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik aloqalarini ilgari surish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Farg‘ona viloyati hokimiyati hamda Hindistonning “LNCT” xususiy universiteti o‘rtasida videokonferensiya aloqa shaklida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“LNCT” xususiy universiteti 2015 yilda Hindistonning eng yirik shtatlaridan biri hisoblangan Madxya–Pradeshning ma’muriy markazi Bxopal shahrida tashkil etilgan. Mazkur oliy o‘quv yurtida nafaqat Hindistonda, balki butun jahonda talab yuqori bo‘lgan muhandislik, menejment, farmatsevtika, tibbiyot, ayurveda (an’anaviy tibbiyot), qishloq xo‘jaligi va huquq yo‘nalishlarida 15 mingga yaqin talaba, jumladan, xorijlik yoshlar tahsil oladi.

“LNCT” universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Svapna Singx Hindiston universitetining Farg‘ona viloyatida qo‘shma tibbiyot instituti tashkil etishga tayyorligini ma’lum qilib, ushbu loyihani amalga oshirishning birlamchi konsepsiyasini taqdim etdi.

Hindiston vakillari, shuningdek, “LNCT” universiteti rahbariyatining hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va qo‘shma loyihani ishga tushirish shartlari bilan batafsil tanishish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati hokim o‘rinbosari Iqboljon Ergashev viloyatda xorijiy investorlar uchun turli sohalarda, jumladan, ta’lim yo‘nalishida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda qulay tadbirkorlik muhiti haqida tanishtirib, viloyatda tibbiyot yo‘nalishida yangi o‘zbek-hind institutining ochilishi Hindistonning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini respublikamizga joriy qilishga ko‘maklashishini alohida qayd etdi. 

Hindistonning ayurveda sohasidagi ulkan tajribasini hisobga olgan holda muzokaralar chog‘ida bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro i...

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekistondagi Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqi...

XMT vakillari ishtirokida ish bilan taʼm...

O‘zbekiston Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi Xalqaro mehnat tas...

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda bo...

Joriy yil 27-30 oktabr kunlari Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar o‘qituvchi va ta’lim...

So`nggi yangiliklar