Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Ta'lim

Sukubada O‘zbekiston-Yaponiya universitetlari rektorlarining to‘rtinchi forumi o‘tkazildi

TOSHKENT, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Sukuba universitetida O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining to‘rtinchi forumi o‘tkazildi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Forumda Yaponiyaning 25 ga yaqin universitet va institutlari rektorlari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan esa 16 ta oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, Yaponiya OTMlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri samarali hamkorlik qilayotgan professor-o‘qituvchilar qatnashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qildi.

Dastlabki kun tartibiga ko‘ra,  O‘zbekiston va Yaponiya OTMlariaro B2B shaklidagi muloqot, yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari o‘rtasida 4 ta Anglashuv memorandumlari imzolandi, akademik almashuv, talabalar va professor-o‘qituvchilarni qisqa va uzoq muddatli stajirovkaga yuborish, respublika oliy taʼlim muassasalariga taʼlimning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Yaponiya professor-o‘qituvchilari maʼruza o‘qishi, seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazishi, hamorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish singari yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

To‘rtinchi forum doirasida, shuningdek, Sukuba shahrida «O‘zbekiston va Yaponiya madaniyat forumi va haftaligi-2022» tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning ochilish qismida Sukuba shahri hokimi Igarashi Tatsuo, Yaponiyaning Sukuba universiteti Nagata Kyosuke, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Sodiq Safoyev, mamlakatimiz elchisi  Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ishtirokchilarni qutladilar.

Forum doirasida yurtimiz tarixi, madaniyati va urf-odatlarini ifoda etuvchi axborot banerlari, milliy kiyimlarimiz, tarixiy obidalar suratlari, milliy hunarmadchilik buyumlari, jumladan, kulolchilik, zargarlik, zardo‘zlik va o‘ymakorlik buyumlarining namoyishlari tashkil etildi.

 Bundan tashqari, Sukuba shahrida joylashgan «Nova Hall» anjumanlar saroyida O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan alohida tadbir tashkil qilindi. Unda Yaponiyaning Sukuba hamda Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiya universitetilari vakillari «O‘zbekiston tarixi va madaniyati» hamda «O‘zbekistonda Ipak yo‘li sanoatini jonlantirish: Farg‘ona vodiysida ipakchilikni yaxshilash orqali qishloqda daromad olish modelini ishlab chiqish» mavzularida maʼruza qildilar.

«O‘zbekiston va Yaponiya madaniyat forumi va haftaligi-2022» yopilishi marosimida  yaponiyalik ijodkorlar tomonidan O‘zbekiston milliy musiqa asboblari ijrosidagi musiqiy chiqish va “Guliston” raqs ansambli tomonidan o‘zbek milliy raqslaridan tuzilgan dastur taqdim etildi, shuningdek, rejissyor Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi namoyish etildi.

Mavzuga oid

Prezident maktablari xalqaro Kembrij im...

Prezident taʼlim muassasalari agentligiga xorijiy oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kiri...

O‘zbekistonda ayollar, tinchlik va xavfs...

Mazkur tashabbus haqida YEXHT Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan «Ayollar, tinchlik va x...

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ta...

O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Nursulton shahrida kecha Qozog‘iston ta’li...

So`nggi yangiliklar