30/Mart/2023 Konstitutsiyaviy islohotlar
SINGAPUR, 30 mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston-Singapur turizmni rivojlantirish markazi rahbari, “CASEA” Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes-palatasi bosh direktori Rudi Fang “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mamlakat taraqqiyoti uchun nechog‘li muhimligini taʼkidladi:
- Men O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni alohida taʼkidlamoqchiman.
Mazkur qaror mamlakatning demokratik taraqqiyot yo‘lidagi qatʼiy intilishi va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning davomiyligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalarni sinchiklab o‘rganib chiqqan kishi sifatida, ishonch bilan ayta olamanki, ular demokratik davlatlarning xalqaro-huquqiy meʼyorlariga to‘la mos keladi.
Qolaversa, ushbu islohot fuqarolarning huquq va manfaatlarini sezilarli darajada mustahkamlashi, turizm sohasi va ishbilarmonlik aloqalari uchun yangi imkoniyatlar ochadigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, islohot aholi hayoti va farovonligi yana-da yaxshilashga yordam beradi.
Turizmni rivojlantirishda faol ishtirok etuvchi shaxs sifatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat sayyohlik industriyasini yangi cho‘qqilarga ko‘tarishda muhim rol o‘ynashiga ishonaman. Takomillashtirilgan meʼyoriy-huquqiy baza va takomillashtirilgan ishbilarmonlik muhiti sayyohlar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham maqbul sharoitlar yaratadi.
Shuningdek, islohot O‘zbekistonning jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlaydi, chunki bu mamlakatning zamonaviy boshqaruv asosi bo‘lgan demokratik g‘oyalarga sodiqligini namoyon etib, O‘zbekiston va uning xalqi uchun yorug‘ kelajakka yo‘l ochadi.