Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Singapurdan munosabat: Davlat gerbi Vataningiz o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir

SINGAPUR, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi bayrami nishonlanishi munosabati bilan Singapur-O‘zbekiston turizmni rivojlantirish markazi rahbari, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes palatasi “CASEA” bosh direktori, “S.E.A. Business Centre Pte. Ltd.” kompaniya asoschisi Rudi Fang o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


–  Singapur-O‘zbekiston turizmni rivojlantirish markazi hamdava “CASEA” Markaziy va Janubi-Sharkiy Osiyo biznes palatasi nomidan milliy bayramingiz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchamizga maʼlumki, bundan 30 yil avval, 1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Davlat gerbi mamlakatning timsoli bo‘lib, uning mavjudligining asosiy tamoyillarini aks ettiradi va har bir O‘zbekiston fuqarosining milliy iftixori hisoblanadi. Davlat gerbi Vataningiz o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramz ekaniga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston rahbariyati va fuqarolarini ushbu muhim sana bilan samimiy qutlayman,  mamlakatingiz va uning mehnatsevar xalqiga bardavom ravnaq, sihat-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik va faravonlik tilayman.

Mavzuga oid

Yaponiyadan munosabat: Taklif qilinayotg...

Yaponiyada taʼlim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz “Dunyo” AA uchun intervyusida ...

BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti rahb...

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zoligiga 30 yil to‘lishi munosabati bi...

Xitoydan munosabat: Yoshlarga eʼtibor ul...

Xitoy vakillari O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan o‘z tabrigini yo‘lladi

So`nggi yangiliklar