Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2023   Hamkorlik

Sharja va Buxoro shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan memorandum loyihasi ishlab chiqilmoqda

ABU-DABI, 27-yanvar. “Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Buxoro viloyati va shahri hokimliklari hamda Birlashgan Arab Amirligining Sharja amirligi vakillari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda  O‘zbekiston elchisi  A.Aqqulov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Bobokalonov, Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari M.Rahmatov, Sharja amirligi hukumat ishlari departamenti raisi Shayx Fahim Sulton Ol Qosimiy ishtirok etdi.

Muloqotda 2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston va Sharja savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelashuvga binoan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Sharja amirligiga safarini tashkil etish, O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va Sharjaning yirik «Beeah group» kompaniyasi o‘rtasida muloqot o‘tkazish  masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Buxoro va Sharja o‘rtasida aviaqatnovlarni tashkil etish, taʼlim, madaniyat va merosni asrash sohalaridagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashdi.

 Sharja va Buxoro o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan Shayx Fahim Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiyaning 27 fevral – 2 mart kunlari Buxoro shahriga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid

Belarusda mamlakatimiz konstitutsiyaviy ...

Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasida Belarus oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayo...

“Agrobank” delegatsiyasining Italiyaga t...

O‘zbekistonning Rimdagi elchixona ko‘magida “Agrobank” ATB boshqaruv raisining birinchi o‘...

Ertaga Ostonada Markaziy Osiyoning yetak...

Ertaga Qozog‘iston poytaxtida «Markaziy Osiyo-2030: kelajak siymolari» ekspertlar yig‘ilis...

So`nggi yangiliklar