Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   Hamkorlik

Shaharlarda relsli transport tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Fransiya tajribasi o‘rganilmoqda

TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Fransiyaning mamlakatimizdagi elchisi Oreliya Bushez hamda Fransiyaning “ALSTOM” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermaqda “Dunyo” AA muxbiri.


Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Oreliya Bushez O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holatini yuqori baholadi. U davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar surʼatini eʼtirof etar ekan, bu jarayonda hayotga tadbiq etilayotgan loyihalarda Fransiya kompaniyalarining ham bevosita ishtirok etishiga katta qiziqish bildirayotganligini taʼkidladi.

 Muloqot chog‘ida mamlakatimiz shaharlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar hamda loyihalar atroflicha muhokama etildi.

 “ALSTOM” kompaniyasi vakillari shaharlarda relsli transport tizimini yo‘lga qo‘yish, ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirgan loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. 

Mavzuga oid

USIP ekspertlari: Bugungi kunda O‘zbekis...

O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif chog‘ida davlatimiz rahb...

O‘zbekiston AQSH uchun jozibador to‘qima...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva “O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasi va...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Y...

Kecha Bryusselda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri ...

So`nggi yangiliklar