Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Dolzarb

Seuldan munosabat: O‘zbekistonning YEOII doirasidagi tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish integratsiya jarayonlarini faollashtirish va Yevroosiyo mintaqasida “birdamlik ruhi”ni yaratishga xizmat qilmoqda

SEUL, 28 may. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreya-O‘zbekiston biznes-assotsiatsiyasi raisi Kim Yon Gu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27 may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi ishtirokini “Dunyo” axborot agentligi uchun sharhladi:


– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn-yig‘ilishini katta qiziqish bilan kuzatdim. Tadbirda mintaqaviy hamkorlikning eng muhim masalalari ko‘rib chiqildi, pandemiya bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport va boshqa sohalarda amaliy sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Prezidentining O‘zbekiston va YEOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish, shuningdek, sertifikatlashtirishni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi takliflarini o‘ta dolzarb, deb hisoblayman. Bu esa tovarlarning mintaqa mamlakatlari bozorlariga o‘zaro kirib borishini sezilarli darajada soddalashtiradi.

O‘zbekiston rahbariyati qishloq xo‘jaligi ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlarini birgalikda yetishtirish orqali agrosanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, bu boradagi hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida hududlararo aloqalarni faollashtirishni nazarda tutadigan Agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqish taklifini ilgari surdi.

O‘zbekiston Prezidenti muqobil transport yo‘laklarini yana-da rivojlantirish, Janub va Sharq o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash zarurligini taʼkidladi. Shu nuqtai nazardan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi loyihasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

O‘ylaymanki, yuqoridagi tashabbuslarni amalga oshirishni muvaffaqiyatli rag‘batlantirish integratsiya jarayonlarini faollashtirish va Yevroosiyo mintaqasida “birdamlik ruhi”ni yaratishga xizmat qiladi.

Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari O‘zbekiston rahbariyatining iqtisodiyotning ochiqligi, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tanlagan yo‘lini yuqori baholayotganini alohida taʼkidlamoqchiman. O‘zbekiston bilan YEOII aʼzolari o‘rtasidagi hamkorlik yana-da mustahkamlanib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchi-davlatlar va mazkur tashkilot hamkorlarining iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan tashabbuslari amalga oshirilar ekan, mamlakatga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan xorijiy kompaniyalar soni ko‘payib boraverishiga ishonaman.

 

Mavzuga oid

O‘zbekicton musulmonlari idorasi vakilla...

Mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, xalqimiz uchun ezgulik, muruv...

Ozarbayjondan munosabat: Global muammola...

«Janubiy Kavkaz» siyosatshunoslar klubi rahbari Ilgar Velizade Markaziy Osiyo davlatlari r...

«Bukhara City» ishbilarmonlar uchun imk...

Tarixiy shahardagi 83 gektar maydonda «Bukhara City» majmuasi barpo qilishga kirishilgan...

So`nggi yangiliklar