Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Avgust/2022   Ta'lim

Sejong instituti jamg‘armasi O‘zbekistonda koreys tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga yordam beradi

SEUL, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Seul shahrida bo‘lib o‘tgan Koreys tili o‘qituvchilarining xalqaro anjumani doirasida Sejong instituti jamg‘armasi (King Sejong Institute Foundation - KSIF) prezidenti Li Xe Yong bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning bugungi holatiga yuqori baho berilib, istiqbolda ushbu sohani yana-da rivojlantirishda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Li Xe Yong KSIF bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar faollashib borayotganini alohida qayd etdi.

Xususan, joriy yil aprel oyida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolangani, ushbu hujjat O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgan hududlarda Sejong instituti jamg‘armasi tomonidan koreys tili kurslarini kengaytirishga yordam berishi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, hamkorlik mamlakatimizning koreys tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, til o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, o‘zaro tajriba almashish masalalarini ham o‘z ichiga qamrab olgan.

Li Xe Yong aloqalarni yana-da kengaytirish maqsadida KSIF delegatsiyasi noyabr oyida O‘zbekistonga borishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi KSIF hamda Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan Koreys tili o‘qituvchilarining xalqaro anjumanida qatnashdi.

Unda Qirol Sejong markazlari faoliyat yuritayotgan mamlakatlardan koreys tili o‘qituvchilari onlayn va oflayn shakllarda ishtirok etdi.

Anjuman dunyo davlatlaridagi koreys tili o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro axborot almashish, taʼlim tajribasini o‘rtoqlashish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasi O‘zbekiston yosh...

Dunyoda chet ellik talabalar bepul yoki eng kam semestr to‘lovi evaziga o‘qishi mumkin bo‘...

Nurafshon shahrida Janubiy Koreya bilan ...

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyatining Nurafshon ...

Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston hududi...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tarkibida Germaniyaga safar qilgan mamlakatimiz innov...

So`nggi yangiliklar