Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Saylov natijalari O‘zbekiston xalqining shaffof va odilona tanlovini ifoda etdi


ANQARA, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. Yuqoridagi fikrni Turkiya radio va televideniye Oliy kengashi mutaxassisi Ahmet AKALIN O‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi sharhida bildirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

– Saylov yakunlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev navbatdagi besh yilga ikkinchi marta O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Aniqki, bundan buyon xalqaro maydonda dunyo jamoatchiligi Shavkat Mirziyoyev nomini yanada ko‘proq eshitadi. 

Saylovoldi targ‘iboti davrida, ya’ni joriy yil 23 sentabrdan 3 oktabrgacha bo‘lgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahricabz, Kitob va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tgan turli anjumanlarda qatnashdim, ularda dunyoga shon-shuhrat keltirgan, rasadxona va madrasalar bilan tamaddun tarixida nomlari zarxal harflar bilan bitilgan olimu fuzalolarning maqbaralarini ziyorat etish sharafiga muyassar bo‘ldim. 

O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtim davomida saylovoldi jarayonlari boshlangan kunlarda saylovda ishtirok etayotgan besh nafar nomzodning portretlari, saylov dasturlarini ifodalovchi shiorlar metro, vokzal va shahar maydonlarini bezab turganiga guvoh bo‘ldim. Mahalliy aholi bilan suhbatlarim davomida xalq Shavkat Mirziyoyevning birinchi Prezidentlik davridan juda mamnun ekanini anglab olish qiyin emasdi. O‘zbekistonliklar o‘z istiqbollarini Shavkat Mirziyoyev bilan bog‘lashi, u kishidan Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning davomini kutayotganini his qildim. Binobarin, bugungi natija O‘zbekiston xalqining shaffof va odilona tanlovini ifoda etdi.

Biz ham O‘zbekistondagi so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yaqindan kuzatar ekanmiz, ommaviy axborot vositalari faoliyatida mutlaqo yangi davr boshlanganiga guvoh bo‘ldik. O‘zbekistonda tom ma’nodagi so‘z erkinligi aynan shu davrda boshlandi. Bu kabi yangilanishlar boshqa sohalarda ham amalga oshirildi. O‘zbekistonda taraqqiy etayotgan demokratik iqlim hammamizni xursand qiladi. O‘zbekiston o‘zining madaniy boyliklari, iqtisodiy salohiyati, yosh aholisi, ipak yo‘lidagi strategik joylashuvi, izchil tashqi siyosati va rivojlanayotgan demokratiyasi bilan Osiyoning porloq yulduzi bo‘lishiga ishonaman. 

Fursatdan foydalanib, barcha O‘zbekiston xalqini Prezident saylovini namunaviy bir shaklda o‘tkazgani munosabati bilan chin qalbdan tabriklayman.

Mavzuga oid

Xitoyda o‘zbekistonlik xotin-qizlar isht...

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida joriy yil 24 oktabr kuni yurtimizda bo‘lib o‘tadi...

Dubayda bo‘lib o‘tgan davra suhbati O‘zb...

O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida joriy yil 24 oktabr kuni...

YEXHT DIIHB O‘zbekiston Prezidenti saylo...

Bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va i...

So`nggi yangiliklar