Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Saudiyalik sarmoyador O‘zbekiston uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalariga investitsiya kiritish niyatida

JIDDA, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida mamlakatimiz Bosh konsulxonasining saʼy-harakatlari bilan Jidda shahridagi yirik tadbirkor - Muhammad Sindi va Navoiy viloyatidagi “Tudakul Garden Park” MCHJ rahbari Farhod Sirojov o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes qulayliklari haqidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida, Muhammad Sindi O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholar ekan, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va qurilish sohalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasi o‘laroq, tomonlar o‘rtasida 300 ming dollarlik “Investitsiya loyihasini amalga oshirishda o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish to‘g‘risida kelishuv bitimi” imzolandi.

Ushbu sarmoya shartnomasiga muvofiq, Saudiyaning 300 ming dollarlik investitsiyasi asosida Navoiy viloyati Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onida jami 60 ta xonadondan iborat bitta besh qavatli  turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda qurilish loyihalarini ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida ham investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

“Saroy javohiri” seriali qahramoni O‘zbe...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi Qo‘qon shahri hokimi M.Usmonov, «Group Eight» va «LY...

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston mahsulotla...

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bi...

Koreya Respublikasi Milliy politsiya age...

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirli...

So`nggi yangiliklar