Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Saudiya bozorlarida O‘zbekistonning yuqori sifatli mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda

AR-RIYOD, 20-may. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov “Aman Trading Group” kompaniyasi raisi Aman Amin Turkistoniy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston qishloq ho‘jaligi va qandolatchilik mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozorlariga eksportini yo‘lga qo‘yish va eksport jo‘g‘rofiyasini kengaytirish bilan izohlanadi.

Suhbat avvalida A.Turkistoniy O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari jadal ravnaq topayotgani, o‘zaro tashrif almashuvlarning tobora ko‘payib borayotganini katta qiziqish bilan kuzatayotganini maʼlum qilar ekan, bu saʼy-harakatlar ikki mamlakat manfaatlariga birdek xizmat qilishi hamda turli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay imkon yaratishini taʼkidladi.

Shuningdek, u Saudiya Arabistoni Podshohligi rahbariyatining ham mamlakatimiz bilan aloqalarga barcha sohalarda sifat va mazmun jihatdan yangicha tus berish, o‘zaro munosabatlarni ikki davlat imkoniyatlariga mos tarzda yuqori bosqichlarga olib chiqilishidan manfaatdor ekanligini maʼlum qildi.

Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni Podshohligi Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd Muhammad bin Salmon tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan “Nigoh-2030” dasturi doirasida mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi turgani va uning yechimini topishda O‘zbekiston zaminida yetishtirilayotgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va tozaligi jihatidan yuqori darajada ekanligini inobatga olib, Podshohlikka eksport qilish maqsadga muvofiqligini alohida taʼkidladi.

Shu o‘rinda u Saudiya bozorlarida O‘zbekiston mahsulotlariga talab yuqori ekanligini nazarda tutgan holda ularning import qilinishi bilan shug‘ullanishga tayyor ekanligini bildirdi.

Suhbatdosh hozirgi paytda mamlakatimizdagi “Crafers” kompaniyasining qandolat mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida qiymati 500 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan dastlabki eksport shartnomasi imzolanganini maʼlum qilar ekan, bu jarayonda O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u hozirgi kunda “Aman Trading Group” tomonidan O‘zbekistonning quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga import qilish masalalarini o‘rganib chiqayotganini aytib, republikamizda bu yo‘nalishda ishlayotgan firmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv doirasida saudiyalik ishbilarmonga mamlakatimizda tayyorlangan hunarmandchilik, kulolchilik hamda tabiiy asal mahsulotlarining namunalari ham namoyish etildi.

Mavzuga oid

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sar...

O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorlik ...

Kecha Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komis...

Qoraqalpog‘istonda Janubiy Koreyaning il...

Bugun O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston inves...

So`nggi yangiliklar