29/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
JIDDA, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Madina shahridagi Podshoh Fahd nomidagi shifoxona shifokori, vatandoshimiz Abrorxon Akmalov “Dunyo” AA uchun itervyusida yangi Konstitutsiya loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
-Garchi biz Vatandan yiroqda bo‘lsakda, mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan har qanday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatamiz va ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Yangi O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimiz ravnaqi va tinchligi, xalqimiz farovonligi va saodati uchun muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston hayotiga tadbiq etilayotgan islohotlar va konstitutsiyaviy o‘zgarishlar «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili asosida amalga oshirilayotgani quvonarlidir.
Bunda O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyada insonlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati, mahallaning rolini yana-da oshirish zarurligi haqidagi qarashlarini yuqori baholayman.
Hozirgi konstitutsiyaviy islohotlarning muhokama qilish jarayonida xorijda yashayotgan vatandoshlarning fikr-mulohazalari va takliflariga alohida eʼtibor berilishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli siyosiy-ijtimoiy islohotlarning eng muhim ijobiy natijalaridan biri, deb o‘ylayman.
Men konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekistonda milliy o‘sish, barqaror rivojlanish va jamiyat birligining yangi davrini ochib berishiga ishonaman.