Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘tkazilayotgan islohotlar – davr va zamon talabi

AR-RIYOD, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonida doimiy yashovchi vatandosh, ishbilarmon Abdujalil Asrorni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z munosabatini bildirdi.


– Ota-bobolarimiz tug‘ilib ulg‘aygan ona-zamin – O‘zbekiston diyorida kechayotgan jarayonlar, respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar xorijdagi o‘zbek vatandoshlarining doimiy diqqat markazida.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘tkazilayotgan islohotlarni davr va zamon talabi, deb bilaman.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, dahlsiz huquqlari va qonuniy manfaatlari masalasi bilan bog‘liq aniq takliflar jamoatchilik eʼtiboriga havola etilganini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Xususiy mulk himoyasini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanini ko‘zda tutish, davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni taʼminlashi kabi takliflarning qo‘shimcha ravishda Asosiy qonunga kiritilishi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lashga, uning ertangi hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda kafolat yaratishiga ishonaman.

Yangi norma va qoidalarni o‘z ichiga olgan Asosiy qonun xalq Konstitutsiyasi bo‘lib, O‘zbekiston ahlining farovon hayoti uchun xizmat qilishiga, mamlakatimizni dunyodagi eng ilg‘or davlatlar safidan munosib joy olishini taʼminlashiga aminman.

Mavzuga oid

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezi...

O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuvi ...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z m...

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston Kons...

Germaniyada tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin H...

So`nggi yangiliklar