Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Mart/2022   Sanalar

Saudiya Arabistonida xam Navro‘z bayrami nishonlandi

AR-RIYOD, 21-mart. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi tomonidan  ushbu davlatda akkreditatsiyadan o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya diplomatiya missiyalari bilan hamorlikda  Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.  


Tadbirda Saudiya Tashqi ishlar vazirligi va qator mutasaddi tashkilotlar, ushbu mamlakatda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus, ishbilarmon doiralar, ilmiy-tahliliy markazlar, oliy ta’lim dargohlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, Saudiya Arabistonida ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar qatnashdi.

Tadbirning tantanali qismida O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov so‘zga chiqib, mehmonlarga Navro‘z bayramining tarixi va uning tarovati, asriy an’analarga sodiqlik, uning mamlakatimiz hududlarida nishonlanishining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Mamlakatimiz madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish qilindi. Bu borada qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nashrlar taqdim etildi.

Bayram tantanasi doirasida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti o‘tkazildi.  Navro‘z bayrami ishtirokchilariga  ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, sumalak kabi bahor taomlar ulashildi.

Mavzuga oid

Ukrainadan tabrik: Konstitutsiya qabul q...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Kiyev siyosiy ...

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: ah...

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: aholi yengillik sezdimi?

So`nggi yangiliklar