Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Sankt-Peterburgdagi ota-ona qaromog‘idan mahrum bolalarni saqlash markazidagi to‘rt nafar vatandoshimiz tez orada O‘zbekistonga yuboriladi

SANKT-PЕTЕRBURG,  21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi 3-sonli yetim bolalar va ota-ona qaarmog‘isiz qolgan bolalarni saqlash markazida bo‘lishib, markaz  direktori Denis  Buxarov bilan  uchrashdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 


Muloqot chog‘ida  mamlakatmizning Bosh konsulxonasi va mazkur markaz o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgani e’tirof etildi.  

O‘zbekiston vakillari mazkur markazda doimiy ro‘yxatga olinmagan, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud bo‘lmagan bolalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Ushbu markazda ayni vaqtda Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzgan fuqarolar farzandlari, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud bo‘lmagan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar saqlanmoqda. Ular orasida  4 nafar o‘zbekistonlik bolalar  ham bor.

O‘tkazilgan muzokaralar natijdasida  vatandosh-bolajonlarni  imkon imkon qadar qisqa muddatlarda O‘zbekistonga yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tashrif yakunida markaz rahbariyatiga bu yerda saqlanayotgan o‘zbekistonlik bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik  uchun minnatdorlik bildirildi, bolajonlarga  Bosh konsulxona tomonidan turli sovg‘alar taqdim etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Italiy...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Italiya milliy tadqi...

Bryusselda Navro‘z bayrami keng nishonl...

. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadb...

JIDU va Vengriya Diplomatik akademiyasi ...

Mamlakatimizning Venadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Ja...

So`nggi yangiliklar