Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Yanvar/2023   Vatandoshlarimiz

Sankt-Peterburgda vatandosh talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

SANKT-PETERBURG, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida bo‘lishib, mazkur oliy taʼlim muassasasi  rahbariyati va ushbu oliy taʼlim muassasida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qilishdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.


 Universitet prorektori Ivan Lyaxovningg aytishicha ayni vaqtda  mazkur universitetda 130 nafar o‘zbekistonlik talaba kunduzgi bo‘limda tibbiyotning turli yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. U, shuningdek, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganini ham qayd etdi.

Vatandosh talabalar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston  Bosh konsulxonasi  faoliyati haqida maʼlum berilar ekan, O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvatlash, taʼlim olishi va ishlashi uchun yaratilayotgan imtiyozlar, taʼlim  grantlari, xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari va o‘qishni O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirish tartiblari to‘g‘risidagi maʼlumotlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatiga alohida urg‘u berildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv yakunida vatandosh talabalar o‘zlarini qiliqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob oldilar.  

Mavzuga oid

O‘zbek diplomatlari Qozog‘iston hududlar...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Oqtov shahridagi «Premium Plaza» turar-joy majmuas...

Polshaning Katovitse aeroportidan vatand...

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 10.50da (Toshkent vaqti bilan 14.50) Polshaning Katovitse s...

Bosh konsulxona xodimlari Yekaterinburgn...

Bosh konsulxona xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yekaterinburgdagi Xorijiy fuq...

So`nggi yangiliklar