30/May/2023 Markaziy Osiyo
SAMARQAND, 30-may. /“Dunyo” AA/. Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlatlararo chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
22-28 may kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida ishchi guruhlarning uchrashuvi va Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikta o‘tkazilgan dala tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi.
Qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha meʼyoriy-texnik hujjatlar tasdiqlandi, shuningdek, tegishli bayonnomalar imzolandi.