Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Sayyohlik

Samarqand xalqaro turizm forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/.  Joriy yil 10-11 fevral kunlari Samarqand shahrida «International Travel Bazaar 2023»  xalqaro sayyohlik  forumi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Madaniyat va turizm vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Samarqand turizm forumi Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri bo‘lib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.

Samarkand turizm forum – bu sayyohlik  sohasi mutaxassislari va biz bilan birga rivojlanib, daromad olishni xohlovchilar uchun yaratilgan platformadir. Unda 200 dan ortiq mehmonlar: turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari real holatlar, qiyinchiliklar va sayohat tendensiyalari haqida suhbatlashish uchun yig‘iladi.

Forumda ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar maʼruzachi o‘z bilimlarini Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan bo‘lishadi.

Shuningdek, O‘zbekiston, Isroil, AQSH, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyaning taniqli amaliyotchi hamda soha yetakchilari ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish bo‘yicha seminarlar, restoran xizmati va mahorat darslari tashkil etiladi.

Forumda ko‘rgazma va gastronomik zonalar, B2B formatidagi uchrashuvlar, shuningdek, innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

«Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlar...

Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan «Sharq” Bosh bekatidan 22 avgust so...

Yevropaning eng ommabop turizm portali O...

O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida “Yeuropean Best Destinations” turizm portali bo...

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida madaniy-gum...

O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida kecha Abu-Dabi amirligi mada...

So`nggi yangiliklar