Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Sentabr/2021   Sport

Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkazildi


BUXARЕST, 13 sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbarining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada Yevropa qit’asining qator davlatlaridan polvonlar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Ruminiya va O‘zbekiston kurash federatsiyalari hamkorligida o‘tkazilgan turnir sport ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi. O‘z navbatida, mazkur musobaqa milliy sportdan xalqaro sport turiga aylangan o‘zbek kurashini Yevropa mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ommalashtirish, kurash mavqei va obro‘sini yanada oshirishga xizmat qildi. 


Musobaqa doirasida kurashchilar va hakamlar uchun milliy kurash qoidalariga kiritilgan so‘nggi yangiliklar bo‘yicha o‘quv seminari ham tashkil etildi. 
O‘zbekiston vakillari Ruminiya sport mutasaddilari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda ushbu mamlakatda  o‘zbek milliy kurashini yanada omalashtirish, milliy turnir va chespionatlarni muntazam o‘tkazish, jahon va Yevropa birinchiliklarini tashkil etishda hamkorlik qilish, kurash to‘garaklari sonini ko‘paytirish, murabbiylar malakasini oshirishga kelishib oldi.


Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan  turnir g‘olib va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi.

Mavzuga oid

Anons: Bugun O‘zbekiston va Eron terma j...

Bugun O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida Toshkent shahrida o‘rtoqlik uchrashuvi...

Toshkent yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi O...

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi...

O‘zbekiston jamoasi 2020 yilgi Xalqaro a...

32 ta davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etgan VI-Xalqaro armiya o‘yinlari (ARMI-2020) y...

So`nggi yangiliklar