Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Rossiyadagi vatandosh: O‘zbekiston o‘z fuqarolarini o‘z hududida va mamlakat tashqarisida himoya qilishning mukammal mexanizmlarini yaratmoqda

SANKT-PETERBURG, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Ozodbek Qosimov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligiga yo‘lladi. 


–  Men uch yildan buyon Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilib kelmoqdaman. O‘zbekiston haqida doimiy ravishda internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boramiz. Yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan juda xursandmiz.

Darhaqiqat, O‘zbekistonda 2017-2022 yillarda hayotning barcha jabhalarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Odamlar uy-joyli bo‘lmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. “Migrant” tushunchasi ijtimoiy foydali ekanligi tan olindi.

Eng muhimi, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini o‘z hududida va mamlakat tashqarisida himoya qilishning mukammal  mexanizmlarini yaratmoqda, elchixonalar, vakolatxonalar, migratsiya agentligining vakilliklari turli davlatlarda, jumladan Rossiyada ham ochildi. Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z hududidan tashqarida ham o‘z fuqarolarini huquqiy, moddiy va maʼnaviy jihatdan samarali himoya qila boshladi. Shu o‘rinda meni Konstitutsiyamizga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas, degan qatʼiy normani kiritilgani juda quvontirdi.

Mavzuga oid

Umumxalq muhokamasiga chiqarilgan Konsti...

“Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, ...

O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotla...

O‘zbekistonda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar, xususan, Konstitutsiyaviy islohotlar jar...

Turkiyadagi vatandoshimiz: Biz qayerda b...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ris...

So`nggi yangiliklar