Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Noyabr/2020   Jamiyat

Rossiya, Qozog‘iston va Polsha ish beruvchilari bilan tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Rossiya, Qozog‘iston va Polsha ish beruvchilari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Agentlik matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur uchrashuvni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tanlov asosida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu mamlakatlarga  tartibli ishga jalb qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda, mamlakatimizda xorijiy davlatlar bilan tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasida hamkorlikni yana-da kengaytirish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarimizga xorijiy tillarni o‘qitish, ularga zarur kasblarni o‘rgatish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

 Shuningdek, xalqaro ish beruvchilarga, Agentlikning asosiy vazifalari va taqdim etilayotgan xizmatlar, tashkiliy tanlov asosida mutaxassislarni jalb qilishning afzalliklari, hamkorlik shartnomasini imzolash tartiblari haqida maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida ish beruvchilar vakillari bilan maʼlumotlar almashish, istiqbolda hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirishga kelishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston aholisining umumiy soni 34 m...

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 2020 yilning 1 iyul h...

O‘zbekistonda 15 avgustdan mahalliy avia...

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-b...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasida O...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasida O‘zbekiston mavzusida turkum materiallar chop etilm...

So`nggi yangiliklar