Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Rossiya jamoatchiligi O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi va milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishdi


NOVOSIBIRSK, 25-sentabr. /«Dunyo» AA/.  Mamlakatimiz Bosh konsulxona tomonidan Novosibirsk huquqshunoslik institutida joriy yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasining borishi bilan Rossiya jamoatchiligi va ushbu mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimizni xabardor qilish maqsadida «O‘zbekiston saylov qonunchiligi – demokratik saylovlarning asosi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Tadbirda Rossiya tomonidan qonunchilik mutaxassislari, Novosibirsk huquqshunoslik instituti va Novosibirsk davlat universiteti ilmiy-pedagog xodimlari, talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Samarqand davlat universiteti  professor-o‘qituvchilari qatnashdi. 

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda saylov qonunchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, muddatidan oldin ovoz berish uchun yaratilayotgan sharoitlar, elektron saylov ro‘yxatlari tuzish, Sibir federal okrugi hududida Bosh konsulxonaning saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Tadbirda qantnashchilarining O‘zbekiston Prezidenti saylovi va milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar haqidagi savollariga batafsil javob berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh konsuli Olma-otadagi va...

O‘zbekistonning Olma-Ota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsuli Abror Fatxullayev «RAMS Kaz...

Okrug saylov komissiyalari raislariga gu...

Davlat boshqaruvi akademiyasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov...

Pokistonlik xalqaro kuzatuvchi: Biz bo‘l...

Pokistondagi Global va strategik tadqiqotlar markazi prezidenti, xalqaro kuzatuvchi Jaffre...

So`nggi yangiliklar