Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Bilasizmi?...

Rishton Xalqaro kulolchilik forumiga tayrgarlik ko‘rmoqda

 TOSHKENT, 28 may. /“Dunyo” AA/.  Joriy yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, forumning maqsadi jahon iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblangan hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish, hunarmandchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kulolchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, sohadagi ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtidorli hunarmandlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.

 Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida «Anʼanaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar» ilmiy-amaliy konferensiyasi, kulolchilik mahsulotlari ko‘rik-tanlovi, xorijiy va mahalliy ustalari mahorat darslari, xalq sayillari, konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar namoyishlari, ustaxonalarga ekskursiyalar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

 Forum yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonga kir yuvish mashinalari aso...

Joriy yil yanvar-aprel oylari mobaynida O‘zbekistonga 16 mamlakatdan 21,4 million dollar h...

Yil boshidan buyon qariyb 31 ming nafar ...

Joriy yilning besh oyi mobaynida salkam 31 ming nafar xorijlik davolanish maqsadida O‘zbek...

Eronlik navoiyshunos “Chet ellik mutaxas...

Mazkur loyihada taniqli eronlik mutaxassis, Alisher Navoiy ijodiy merosi tadqiqotchisi, O‘...

So`nggi yangiliklar