Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyul/2021   Prezident

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti O‘zbekiston Prezidentini telefon orqali tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


TOShKENT, 24-iyul. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib.
Suhbat avvalida Elboshi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va keng ko‘lamli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo d...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarning o‘rinbosari - Prezident matbuot kotibi...

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Bosh vaziri...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qatar Davlati Bosh vaziri o‘r...

O‘zbekiston Prezidenti va Qozog‘iston Bi...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Naza...

So`nggi yangiliklar