Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Sentabr/2022   O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi

Qozog‘istonning Aktau shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi nishonlandi

AKTAU, 12 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasida davlatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda Mang‘istau viloyati rahbariyati vakillari, Aqtau shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan Eron Islom Respublikasi, Ozarbayjon, Turkiya va Turkmaniston Respublikalari Bosh konsullari, Mang‘istau viloyatidagi “Paxtakor” o‘zbek etno-madaniy birlashmasi rahbar va faollari, Sh.Yesenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiyalar va injiniring univerisitetida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamda Mang‘istau viloyatida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari hozir bo‘ldilar.

O‘zbekiston Bosh konsuli bayramga tashrif buyurgan mehmonlar va vatandoshlarni respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston mustaqil rivojlanish yillari davomida  erishgan asosiy muvaffaqiyatlar, shuningdek, so‘nggi yillar mobaynida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlatni yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ular berayotgan salmoqli samralar xususidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi qabul qilingani alohida taʼkidlandi.

Mang‘istau viloyati akimi birinchi o‘rinbosari Bekbol Orinbasarov o‘z nutqida mamlakatimiz xalqini O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan samimiy tabriklar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston ishlab chiqarish sanoatidagi o‘ziga xos rivojlanish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalardagi yuqori ko‘rsatkichlarga alohida eʼtibor qaratdi.

Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar bayram dasturxoniga taklif qilindi. 

 

Mavzuga oid

Germaniyadagi vatandoshlar bilan mamlaka...

Mamlakatimizning eng ulug‘ bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasi asosi...

Polsha Muvaqqat ishlar vakili: Yangi O‘z...

‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda is...

Italiyadagi vatandoshlar: O‘tgan 31 yill...

Italiyadagi yashayotgan va tahsil olayotgan hamyurtlarimiz xalqimizni O‘zbekiston mustaqil...

So`nggi yangiliklar