Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Iyun/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Qozog‘istonda vaqtinchalik mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazildi

AKTAU, 14 iyun. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Aktaudagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi xodimlari ushbu shahardagi 17 kichik tumanda joylashgan “Asyl park” korxonasi tomonidan olib borilayotgan qurilish inshoatida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida mazkur qurilish ob’ektida 50 nafarga yaqin vatandoshimiz mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz korxonada mehnat me’yorlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, ish va dam olish vaqtlari ichki tartib asosida belgilangani, maoshlar o‘z vaqtida berilayotganini qayd etdi. 
Konsulxona xodimi, o‘z navbatida, yurtdoshlarimizni ish beruvchi va ishchilar o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartlariga to‘liq rioya etishga, o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarni buzmaslik, mezbon davlat qonunchiligi hamda karantin talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar jarayoni hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi yangiliklar, “Ishga marhamat” monomarkazlari faoliyati, mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va tuzatishlar, joriy yil 24 oktabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni, unda barcha fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham so‘zlab berildi.  
Yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Mavzuga oid

Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansu...

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasiga Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin” asari qo‘l...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inst...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomnidan «Outre terre» fransuz uyushmasi bilan ha...

Latviya Seymida O‘zbekiston Oliy Majlisi...

Latviya parlamentida Seym va O‘zbekiston Oliy Majlisi o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlanti...

So`nggi yangiliklar