Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/May/2022   Markaziy Osiyo

Qozog‘istonda referendum monitoringi bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi ishga kirishdi

TOSHKENT, 24-may. /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston taklifiga binoan, MDH kuzatuvchilar missiyasi va uning shtabi 21 maydan boshlab Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi  bo‘yicha bo‘lajak respublika referendumi monitoringiga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, missiyani MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshqaradi.

Referendumni kuzatish doirasida MDH kuzatuvchilar missiyasi shtabi vakillarining Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi referendum kampaniyasining borishi va unga tayyorgarlik bo‘yicha saylov organlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, MDH kuzatuvchilari o‘zlarining missiyasi faoliyati Qozog‘iston qonunchiligiga, Hamdo‘stlik doirasida qabul qilingan hujjatlarga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va meʼyorlariga asoslangan holda olib borilishini qayd etdilar.

Eslatib o‘tamiz: Qozog‘iston Prezidenti Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha milliy referendum 5 iyun kuni o‘tkazilishini belgilagan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyal...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor U...

Bugun Bishkekda «Yevropa Ittifoqi – Mark...

Bugun Qirg‘iziston poytaxtida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi iqtisodiy forum...

O‘zbekiston – Tojikiston: ishonch, do‘st...

O‘zbekiston va Tojikiston umumiy tarix va ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadigan, ta...

So`nggi yangiliklar