26/May/2023 Vatandoshlarimiz
OSTONA, 26-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari Turkiston viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu uchrashuvlar Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) va Chimkent shahridagi «Sana Sizem» NNT bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda fuqarolarmizga mehnat migrantlarining huquqiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijalari haqida maʼlumot berildi. Xorijiy davlatlarda ishlayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari doimiy monitoring qilib borilishi taʼkidlandi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy maslahat va maʼlumotlar berildi.