Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Madaniyat

Qoraqalpog‘istonda “Kinokarvon” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

TOSHKENT, 17-avgust.  /“Dunyo” AA/. Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda “Kinokarvon” tadbirlari o‘tkazilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kinematografiya agentligining Axborot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, 14-21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Kinematografiya agentligi jamoasi, taniqli sanʼatkorlar, maʼnaviyat targ‘ibotchilari va ijodkorlar ishtirokida aholi bilan muloqotlar, konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilib, milliy filmlar namoyishini Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilangan.

“Kinokarvon” tadbirlari doirasida “Tengiz”, “Tanka”, «Amu sohili kuychisi. Berdaq», «El farzandi», “Talvasa”, «Muhabbat bahori», «Ayol qalbi», «Bir kunlik to‘y», “101-reys”, “Meʼros”, «Puling bo‘lsa» va «Vatan ostonasida» kabi 15 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarning namoyishlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov, O‘zbekiston xalq artistlari Dilorom Karimova, Abduhalil Mignorov, Matyoqub Matchonov kabi yigirmadan ortiq sanʼatkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Tailand muzeylar sohasida...

Mamlakatimiz Bosh konsulxona tomonidan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Su...

“Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivalini o...

Kecha O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va bosh dir...

Ashxobodda “Buxoro” nomli o‘zbek restora...

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi ko‘magida Ashxobod shahrida “Buxoro” o‘zbek r...

So`nggi yangiliklar